logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

«Sevilya» «Real» darvozaboni bilan 5 yillik shartnoma imzoladi

 3 AVGUST, 2026, 05:12

«Sevilya» darvozabon Fran Gonsales bilan shartnoma imzoladi. Shartnoma 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

21 yoshli ispaniyalik futbolchining avvalgi jamoasi «Real»ning yoshlar tarkibi bo'lib, u 2025/26 yilgi mavsumda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 39 ta gol o'tkazib yuborgan va 6 ta uchrashuvda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan edi.

Darvozabonning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan edi.

Transfermarkt portali Ispaniya yoshlar terma jamoasi a'zosining transfer qiymatini 3 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ