«Lids» kambek evaziga «Liverpul»ni mag'lub etdi va Premier League Summer kubogini qo'lga kiritdi (Videosharh)
3 AVGUST, 2026, 05:06
«Lids» Chikagoda kechgan o'rtoqlik matchida «Liverpul»ni 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
O'yinda hisob 7-daqiqada «Liverpul» himoyachisi Lyuk Chembers tomonidan ochildi. 40-daqiqada «qizillar» yarim himoyachisi Florian Virts jamoasining ikkinchi golini urdi. 60-daqiqada «Lids» yarim himoyachisi Brenden Eronson oradagi farqni qisqartirdi. 71 va 73-daqiqalarda «Liverpul» o'z darvozasidan yana ikkita to'p olib chiqdi — hujumchi Dominik Kalvert-Lyuin hamda yarim himoyachi Shon Longstaff o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. 83-daqiqada esa Kalvert-Lyuin dublni rasmiylashtirdi.
Shu tariqa, «Lids» (3 ta o'yindan so'ng 6 ochko) Premier League Summer mini-turniri g'olibiga aylandi. «Liverpul» qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha ortda qolib, ikkinchi o'rinni egalladi. Uchinchi o'rinni «Reksem» (3 ochko), to'rtinchi o'rinni esa «Sanderlend» (3 ochko) egalladi.
