logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Uilyam Sepeda WBC chempioni! Muratalla IBF kamarini himoya qildi

 2 AVGUST, 2026, 12:48

Meksikalik 30 yoshli Uilyam Sepeda ikkinchi urinishda engil vazn toifasidagi WBC chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.

U AQSHning Las-Vegas shahrida bo'lib o'tgan professional boks oqshomining asosiy jangida Lamont Rouchni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi. Meksikalik bokschining bosimi va faolligi hal qiluvchi rol o'ynadi va hakamlarning yakdil qarori bilan 118-110, 117-111, 117-111 hisobi bilan g'alaba qozondi. Bir yil avval Sepeda ushbu kamar uchun kechgan jangda chempion SHakur Stivensonga hakamlar qarori bilan yutqazib qo'ygandi.

Bu safar u vakant bo'lib turgan chempionlik kamariga ega chiqdi. 30 yoshli amerikalik Rouch esa Jervonta Devis va Isaak Krusga qarshi kechgan ikki durangdan so'ng mag'lubiyatga uchradi.

Oqshomning co-main event jangida esa IBF chempioni Reymond Muratalla sobiq jahon chempioni Robson Konseysaoni 118-110, 119-109, 119-109 hisobida ishonchli tarzda mag'lub etdi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ