logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Canadian Open. Uchinchi raketkamiz asosiy to'rga yo'l oldi

 2 AVGUST, 2026, 12:00

Kanadaning Toronto shahrida tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 7 mln 433 ming 76 AQSH dollarini tashkil etgan nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.

Ushbu musobaqada mamlakatimizning birinchi va uchinchi raqamli tennis malikalari - Kamilla Rahimova hamda Polina Kudermetova ham o'z omadini sinab ko'rmoqda. Rahimova reytingdagi o'rniga bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri asosiy to'r bahslariga kirishsa, Kudermetova saralash turniri orqali asosiy to'rga yo'llanma oldi. 

O'zbekistonning uchinchi raketkasi saralashning finalida WTA reytingida 1253-pog'onada borayotgan va saralashga imtiyozli yo'llanma (WC) asosida qo'yilgan kanadalik Averi Aleksanderni biroz qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/4. Har ikki tennischi ham 2 tadan eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Polinada ikki barobar ko'proq bo'ldi - 6 ga 3. 

Ayni paytda WTA reytingida 108-o'rinni egallab turgan hamyurtimiz ertaga asosiy to'rning 1/64 finalida dunyoning 89-raketkasi, rossiyalik 19 yoshli Alina Korneevaga qarshi kortga chiqadi. Kamilla Rahimova esa bugun ilk davrada amerikalik mashhur tennischi Vinus Uilyams bilan hisob-kitob qiladi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ