To'rt nafar erkin kurashchimiz jahon chempionati shohsupasida + FOTOGALEREYA
2 AVGUST, 2026, 11:00
Ozarbayjon poytaxi Boku shahrida o'tkazilayotgan sport kurashlari bo'yicha U17 yosh toifasidagi jahon chempionatining erkin kurash bahslarida g'olib va sovrindorlar malum bo'ldi.Finalga etib kelgan ikki nafar erkin kurashchimiz raqiblariga imkoniyatni boy berib, jahon chempionatining kumush medali bilan taqdirlanishdi. Jahongir To'lqunov (-55 kg) kolumbiyalik Jovanni Tovarga 0:11, SHohiddin Aliev (-65 kg) esa rossiyalik Magomed Ibragimovga 6:12 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Bronza medali uchun kechgan bellashuvlarda esa Farruh Mahmudov (-48 kg) tojikistonlik Muslihiddin Hojievni 12:0, Behruz Ashirov (-110 kg) gruziyalik Murtaz Bagdavadzeni 3:2 hisobida dog'da qoldirdi.
SHu tariqa, erkin kurashchilarimiz 2 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi. Bugun qolgan vazn toifalarida final bellashuvlari o'tkaziladi. Lekin bugungi bahslarda biznikilardan hech kim finalda kurashmaydi. Bronza medali yo'lidagi bellashuvlarda hamyurtlarimizni ko'rishimiz mumkin.

















Manba: olamsport.com
