logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

UFC Fight Night 283 turnirining bonus sohiblari malum

 2 AVGUST, 2026, 09:48

Tarixiy UFC Fight Night 283 turniri yakunlariga ko'ra, Belgradda 12 nafar jangchi muddatidan avval g'alabaga erishdi.

Dunyoning eng kuchli ligasi tomonidan Serbiyada ilk bor o'tkazilgan ushbu tadbirning to'rt nafar ishtirokchisi o'zlarining tomoshabop chiqishlari uchun 100 ming dollarlik qo'shimcha mukofot pullarini qo'lga kiritishdi.

SHouning asosiy yulduzi Urosh Medich, ikkinchi darajali jang ishtirokchisi Navaho Stirling, shuningdek, Nina Miloshevich va Gilbert Urbina "Kechaning eng yaxshi chiqishi" uchun bonuslarga ega bo'lishdi. SHu bilan birga, turnirdagi janglarning hech biri "Kechaning eng yaxshi jangi" deb topilmadi.

Muddatidan avval g'alaba qozongan boshqa jangchilar - Robert Valentin, Noa Gunyon, Tofiq Musaev, Maykl Oliveyra, Bogdan Grad, Mateush Rebeski, Jovan Leka va Stefani Luchiano 25 ming dollarlik mukofot pullarini olishdi.






Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ