UFC Belgrad. Rakich va Tibura o'rtasidagi bahs g'olibi 3 raundda aniqlandi
2 AVGUST, 2026, 00:00
Serbiya poytaxti Belgradda UFC'ning tarixiy ilk turniri o'tkazilmoqda.Turnir asosiy kardidan o'rin olgan navbatdagi bellashuv nihoyasiga etdi.
Og'ir vazn toifasida o'tkazilgan 3 raundlik jangda Serbiya vakili Aleksandr Rakich polshalik Marchin Tibura bilan bahs olib bordi. Jang to'liq davom etib, yakunda Rakich hakamlar qarori bilan g'olib deb topildi.
Bu Aleksandrning ketma-ket to'rtinchi mag'lubiyatidan keyingi ilk g'alabasi bo'ldi. Tibura esa qatorasiga uchinchi jangida imkoniyatni boy berdi.
Manba: olamsport.com
