logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

"Real"ning yangi futbolchisining maoshi sakkiz baravarga oshdi

 1 AVGUST, 2026, 14:16

Hujumchi Karlos Espi "Levante"dan Madridning "Real" klubiga o'tganidan so'ng 21 yoshli forvarning ish haqi sakkiz baravarga oshirilib, yiliga 420 ming evrodan 3,36 million evroga etdi.

Futbolchining "Qirollik klubi" bilan shartnomasi 2031 yilgacha mo'ljallangan. Bu haqda "Sport.es" xabar bermoqda.

"Real" Espining transferini payshanba, 30 iyul kuni elon qildi. Jurnalist Fabricio Romanoning xabar berishicha, Ispaniya grandi 21 yoshli forvardni 25 million evro evaziga sotib olish opciyasini faollashtirgan.

O'tgan mavsumda Espi barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi. Futbolchining "Levante" bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan edi. "Transfermarkt" portali malumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 20 million evroni tashkil etadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ