"U menga yolg'on gapirgandi". Sen-Per Dana Uaytning Xabib bilan jang tashkil etish borasida unga yolg'on gapirganini esladi
1 AVGUST, 2026, 13:32
UFC SHon-sharaf zali azosi, yarim o'rta va o'rta vazn toifalarida sobiq chempion kanadalik Jorj Sen-Per UFC`da unga rossiyalik Xabib Nurmagomedov bilan jang tashkil etishga qanday urinishganini so'zlab berdi."Bir paytlar, Xabib hali faoliyatini yakunlamagan vaqtda muzokaralar olib borilgan va Xabibning jamoasi u men bilan jang qilishdan manfaatdor emasligini malum qilgandi. Biroq Nurmagomedov faoliyatini yakunlaganini elon qilganidan so'ng, Dana menga yozib, Xabib bilan jang qilishga qiziqishim bor-yo'qligini so'radi. Bu g'alati edi, chunki men uning onasiga boshqa jang qilmaslikka vada berganidan xabardor edim. SHuning uchun men undan: "Xabib rozi bo'ldimi?" deb so'radim. Unga javoban ijobiy javob oldim. Keyin esa Ali Abdel-Azizga qo'ng'iroq qilib: "Bu rostmi?" deb so'radim. U esa yo'q, deb javob berdi. O'shanda men Dana Uayt menga yolg'on gapirganini tushundim", — deya Sen-Perning so'zlarini keltirib o'tadi Title Fight akkaunti X ijtimoiy tarmog'ida.

Manba: olamsport.com
