logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Bugun Abdumalik "Abbi" Yorbo'taev Arman Carukyan bilan bir oqshomda jang o'tkazadi (TO'LIQ KARD)

 1 AVGUST, 2026, 12:32

Bugun Armaniston poytaxti Erevan shahrida greppling hamda qo'lqopsiz jang qoidalari bo'yicha Hype Armenia turniri bo'lib o'tadi.

Oqshomning asosiy bellashuvi greppling qoidalari bo'yicha tashkil etiladi va unda armanistonlik Arman Carukyan hindistonlik taniqli bloger va sportchi Ankit Bayyanpuriyaga qarshi chempionlik uchun gilamga chiqadi. Ushbu bahs Submission Only qoidalari asosida o'tkaziladi, yani g'olib og'ritish yoki bo'g'ish usuli bilangina aniqlanadi. O'rtaga Carukyanga tegishli chempionlik kamari qo'yiladi. Arman ushbu kamarni Braziliyadagi turnirda Muhammad Mokaevni mag'lub etishi ortidan qo'lga kiritgan edi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Greppling qoidalari bo'yicha ikkinchi bellashuv yana bir arman jangchisi Lev Sarkisyan hamda hindistonlik Krishan o'rtasida o'tkaziladi. Qolgan barcha janglar qo'lqopsiz janglar va Dirty Boxing qoidalari bo'yicha tashkil etiladi.


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Biz uchun ahamiyatlisi, bugungi turnirda hamyurtimiz Abdumalik Yorbo'taev rossiyalik Magomed "Venom" Zaynalovga qarshi qo'lqopsiz qoidalar asosida jang o'tkazadi. Hype Armenia turniri bugun "Tashir Arena"da bizning vaqt bilan soat 18:00da boshlanadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ