logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

IBA rahbari Kremlyov Rossiya borasidagi qarordan so'ng World Boxing'ga murojaat qildi

 31 IYUL, 2026, 18:00

Xalqaro boks associaciyasi (IBA) rahbari Umar Kremlyov Gennadiy Golovkin boshchiligidagi World Boxing tashkilotiga murojaat qildi.

Tashkilot rossiyalik bokschilarni barcha yosh toifalarida va barcha xalqaro musobaqalarda milliy bayroq hamda madhiya bilan ishtirok etishiga ruxsat bergandi. 

"World Boxing'ga rahmat. Bu yagona to'g'ri qaror. Men ular sportchini siyosatdan ustun qo'yayotganidan xursandman — bu yana bir bor boks sportchilar tomonida ekanini isbotlaydi. Bayroq va madhiya har bir sportchining qalbi va ruhidir.

Bizning bokschilar olimpiya boksiga qaytmoqda va Los-Anjeles Olimpiadasida ular butun dunyoga haqiqiy, chiroyli va kuchli janglar qanday bo'lishini ko'rsatadi. Va buni o'z bayrog'i va madhiyasi ostida amalga oshiradi. World Boxing'ga o'z tashabbuslarida omad tilayman", — dedi Umar Kremlyov.

Eslatib o'tamiz, World Boxing tashkiloti prezidenti qozog'istonlik Gennadiy Golovkin bo'lib, u shuningdek Qozog'iston Respublikasi Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari sifatida ham faoliyat olib bormoqda. 


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ