logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

World Boxing rossiyalik bokschilarga bayroq va madhiya ostida turnirlarda qatnashishga ruxsat berdi

 31 IYUL, 2026, 13:48

Rossiya sport vaziri Mixail Degtyarevning malum qilishicha, World Boxing tashkiloti rossiyalik sportchilarga barcha yosh toifalaridagi xalqaro musobaqalarda milliy bayroq va madhiya ostida ishtirok etishga ruxsat bergan.

"Rossiya boksi jahon arenasiga qaytmoqda. World Boxing sportchilarimizga barcha yosh toifalarida xalqaro musobaqalarda milliy bayroq va madhiya ostida qatnashishga ruxsat berdi. Rossiya boks federaciyasi 2026 yil boshida World Boxing azoligiga qabul qilingan edi.

Sport aloqalarini tiklash masalasini 2026 yil yanvar oyida Toshkentda bo'lib o'tgan uchrashuvda World Boxing, Qozog'iston Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari Gennadiy Golovkin bilan muhokama qilgan edik.

Xalqaro federaciyaning bu qarori juda muhim, chunki aynan World Boxing Xalqaro olimpiya qo'mitasi tomonidan boks bo'yicha Olimpiya turnirini o'tkazish vakolatiga ega. Rossiya boks federaciyasining World Boxing tashkilotiga to'laqonli azo bo'lishi rossiyalik bokschilar uchun xalqaro taqvimda, shu jumladan Olimpiya ciklida to'liq ishtirok etish yo'lini ochadi", — deb yozdi Degtyarev o'zining Telegram-kanalida.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ