Nursulton Ro'ziboev oktagonga chiqadigan turnirga yana bir jang qo'shildi
31 IYUL, 2026, 10:16
Parij turniri ukrainalik aralash yakkakurash ishtirokidagi jang evaziga boyidi.Yarim o'rta vazn toifasidagi Daniil Donchenko amerikalik Punaxili Sorianoga qarshi oktagonga chiqadi. Ushbu jang 5 sentyabr kuni Parij shahrida bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 287 turniri kardidan joy oldi. Jang tashkil etilishi haqida sport insayderi Marsel Dorff xabar berdi.
Daniil Donchenko tashkilotda mag'lubiyatsiz odimlamoqda. U uchta jangda g'alaba qozongan: Aleks Morononi hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgan, shuningdek, Rodrigo Sezinando va Teodor Berggrenni texnik nokaut evaziga taslim qilgan.
Punaxili Soriano esa to'rt g'alabali seriyani qayd etmoqda. U o'zining so'nggi jangida hakamlarning yakdil qarori bilan Ramiz Braximay ustidan g'alaba qozongan.

Manba: olamsport.com
