Belgiya chempionati. "Antverpen" "Yunion" bilan durang o'ynadi. Muhammadali O'rinboev zaxirada qoldirildi
26 IYUL, 2025, 08:34
Belgiya chempionati 1-turida "Antverpen" o'z maydonida mamlakatning amaldagi chempioni "Yunion"ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang o'ynadi.
Mezbonlar safida Vinsent Yanssen 27-daqiqada hisobni ochdi. Mehmonlardar Raul Floruz 68-daqiqada muvozanatni tikladi.
"Antverpen" safida hamyurtimiz Muhammadali O'rinboev zaxirada qoldirildi. Jamoa navbatdagi o'yinini 3 avgust kuni "Genk"ka qarshi safarda o'tkazadi.
Manba: stadion.uz
