logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Rasman! Lazizbek Mullojonovning prof boksdagi keyingi jangi tasdiqlandi. U Jalolovning sobiq raqibi bilan jang qiladi (POSTER)

 30 IYUL, 2026, 13:32

Prof boksning super og'ir vazn toifasidagi o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Lazizbek Mullojonov ringga qaytmoqda.

Hamyurtimiz 2 avgust kuni Rossiya Federaciyasining Ekaterinburg shahridagi "Energiya RMK" majmuasida tashkil etiladigan RCC Boxing turnirida ringga ko'tariladi.

Mullojonovga turnir doirasida rossiyalik Vitaliy Kuduxov raqib bo'ladi.

Malumot uchun, Lazizbek prof boksda hozirga qadar 8 ta jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblaridan ustun kelgan. Vitaliy Kuduxov hisobida esa 7 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat mavjud. U 2025 yilda yurtdoshimiz Bahodir Jalolov bilan jang qilib, imkoniyatni boy bergani barchaning yodida.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ