logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Islam Maxachev: "Konor Makgregordan ko'nglim qolyapti"

 30 IYUL, 2026, 13:00

Maks Xollouey ustidan g'alaba qozongan taqdirda, Konor Makgregor UFC yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun davogar bo'lishni rejalashtirgan edi.

Divizionning amaldagi chempioni Islam Maxachev irlandiyalik aralash yakkakurash ustasining jarohati tufayli jang atigi 69-soniyada yakunlanganidan afsusda.

"Rostini aytsam, unga achinyapman. Maks uni engishini bilar edim, lekin hammasi bunchalik tez — birinchi daqiqadayoq tugashini kutmagandim. U besh yillik tanaffusdan keyin qanday jang qilishini ko'rmoqchi edim. Ochig'i, hammasi shu tarzda yakunlanganini ko'rish menga yoqimsiz bo'ldi", — dedi Maxachev "Complex Sports" nashriga bergan intervyusida.

Avvalroq tizzasidagi paylari va meniskini jarohatlab olgan Konor Makgregor bir yildan so'ng Las-Vegasdagi Xalqaro jang haftaligida qaytishni va tashkilot bilan amaldagi shartnomasi bo'yicha so'nggi jangini o'tkazishni rejalashtirayotganini malum qildi. U buni "so'nggi raqs" deb atadi.

Islam Maxachev 15 avgust kuni Filadelfiyada bo'lib o'tadigan UFC 330 turnirida oktagonga qaytadi. Turnirning markaziy jangida u irlandiyalik Yen Machado Gerri bilan to'qnash keladi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ