logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Ankalaev Kostaga "otvet" qildi: "Kelasi haftayoq jang qilishimiz mumkin"

 29 IYUL, 2026, 21:00

Yarim og'ir vaznda sobiq UFC chempioni Magomed Ankalaev braziliyalik Paulo Kostaning Bogdan Guskov ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng rossiyalik jangchi chempionlik imkoniyatidan ko'ra tashkilotdan haydalishga yaqinroq ekani haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.

"Oxirgi jangimni o'tkazgan kunimning o'zidayoq menga senga qarshi jang taklif qilishdi va men bunga rozi bo'ldim. Endi bilaman, sen katta ehtimol bilan menga qarshi chiqmayapsan, shuning uchun bahona o'ylab topishing shart emas. Agar birdan fikringdan qaytsang – kelasi haftayoq jang qilishimiz mumkin", – deb yozdi Ankalaev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Kostaga murojaat qilib.

Abu-Dabidagi UFC Fight Night 282 turnirining asosiy jangida Bogdan Guskov beshinchi raundda texnik nokaut bilan mag'lub etgan Magomed Ankalaev 24 oktyabr kuni o'sha arenada bo'lib o'tadigan UFC 333 turnirida oktagonga qaytishga va Paulo Kostaga qarshi jang o'tkazishga tayyorligini malum qildi.

Braziliyalik jangchi avvalroq, amerikalik Xalil Rountri jarohat olib, rossiyalik jangchiga qarshi bahsdan chiqqanida, qisqa muddat ichida Ankalaev bilan jang qilish taklifini rad etgan edi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ