logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Xoakin Bakli UFC turnirining asosiy jangida oktagonga chiqadi + POSTER

 29 IYUL, 2026, 17:00

Nursulton Ro'ziboevga faoliyatidagi yagona mag'lubiyatni taqdim etgan yarim o'rta vazn toifasidagi amerikalik aralash yakkakurash ustasining navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.

Xoakin Bakli kanadalik Mayk Melottga qarshi oktagonga ko'tariladi. Ushbu jang 17 oktyabr kuni Kanadaning Edmonton shahrida bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 291 turnirining asosiy voqeasi bo'ladi. Jang tashkilot matbuot xizmati tomonidan rasman elon qilindi.

Bakli ketma-ket ikkita mag'lubiyatli seriya bilan kelmoqda: u hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra Kamaru Usman va SHon Brediga imkoniyatni boy bergan.

Mayk Melott esa, aksincha, joriy yilning aprel oyida o'zining ketma-ket to'rtinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. U UFC yarim o'rta vazn toifasidagi sobiq chempionlik kamari davogari Gilbert Byornsni uchinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lub etgan edi.

Ayni damda Xoakin Bakli va Mayk Melott tashkilotning yarim o'rta vazn toifasidagi media-reytingida mos ravishda o'ninchi va o'n ikkinchi o'rinlarni egallab turibdi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ