logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Formula-1 Bahrayn Gran-prisi mezbonligini Malayziyaga ko'chirdi

 29 IYUL, 2026, 14:48

Yaqin SHarqdagi vaziyat sabab Formula-1 aprel oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan Bahrayn va Saudiya Arabistoni bosqichlarini bekor qilgan edi.

Natijada Bahrayn Gran-prisi endilikda 2–4 oktyabr kunlari Malayziyaning Sepang avtodromida o'tkaziladi.

12 aprel kuni Bahraynda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan «Formula-1» bosqichi Malayziyaga ko'chirildi va 2–4 oktyabr kunlari o'tkaziladi. Bu haqda musobaqaning rasmiy saytida malum qilindi.

Musobaqa 2017 yildan buyon «Formula-1» bosqichlariga mezbonlik qilmayotgan Sepang xalqaro avtodromida bo'lib o'tadi.

Malayziyadagi poyga taqvimga ko'ra Boku bosqichi (26 sentyabr) va Singapur bosqichi (11 oktyabr) oralig'ida tashkil etiladi.

Tashkilotchilarning takidlashicha, musobaqalar taqvimida boshqa o'zgarishlar bo'lmaydi.

Eslatib o'tamiz, mart oyida «Formula-1» AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyoti ortidan yuzaga kelgan vaziyat sabab Bahrayn va Saudiya Arabistonida aprel oyiga belgilangan bosqichlarni bekor qilgan edi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ