Svijany Open. Sultonovning reytingda o'zidan 213 pog'ona yuqoridagi raqibga qarshi bahsi bir set davom etdi
29 IYUL, 2026, 12:00
CHexiyaning Liberec shahrida tennis bo'yicha Challenger 75 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 97 640 dollarni tashkil etuvchi turnir bo'lib o'tmoqda.Ushbu musobaqaning saralash bahslarida hamyurtimiz Humoyun Sultonov ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, ikki g'alaba evaziga asosiy to'r yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi 1/2 finalda chexiyalik Dominik Rechekni 6/3, 6/2, asosiy to'rga yo'llanma bergan final uchrashuvida ukrainalik Aleksandr Brayninni 3/6, 6/3, 7/5 hisobida taslim etgandi.
Afsuski, asosiy to'rning ilk davrasida hamyurtimiz jarohat sabab bahsni yakuniga etkaza olmadi. Sultonov 1/16 finalda xorvatiyalik Duye Aydukovichga qarshi kortga chiqdi. Birinchi set tay-brekda 25 yoshli Duye foydasiga hal bo'ldi - 7/6(3). Ikkinchi setga esa Humoyun jarohati sabab chiqa olmadi va natijada Aydukovich 1/8 finalga omad tufayli yo'l oldi.
Taqqoslash uchun, Humoyun Sultonov ayni paytda ATP reytingida 520, Duye Aydukovich 307-o'rinni egallab turibdi.

Manba: olamsport.com
