logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

O'zbekiston - AQSH tarixiy matchi minimal ustunlik bilan yakunlandi. Nakamura, Aronyan, Karuana, So singari jahon yulduzlari bir necha bor mag'lub etildi

 29 IYUL, 2026, 11:32

Mayami shahrida dunyoning birinchi raqamli shaxmat terma jamoasi hisoblangan AQSH hamda Olimpiada chempioni O'zbekiston terma jamoalari o'rtasida WR Chess Rapid & Blitz Miami 2026 super-matchi bo'lib o'tdi.

Katta masshtabdagi mini-turnirning birinchi kuni rapid yo'nalishi bo'yicha 4 ta tur o'yinlari o'tkazilib, unda dunyoning birinchi raqamli terma jamoasi AQSH kichik 5:3 hisobida ustun kelgandi.  


1-tur: AQSH — O'zbekiston 2.5:1.5

2-tur: AQSH — O'zbekiston 2:2 

3-tur: AQSH — O'zbekiston 2.5:1.5

4-tur: AQSH — O'zbekiston 1.5:2.5


Rapid yakuniga ko'ra umumiy hisob:

Doskalar bo'yicha ochkolar: AQSH — O'zbekiston 8.5:7.5

Jamoaviy ochkolar: AQSH — O'zbekiston 5:3


Musobaqaning ikkinchi kuni 8 ta turdan iborat tezkor, yani blic bahslari o'tkazildi. Birinchi kuni rapidda bo'lgani singari bu safar ham yulduzli tarkibga ega mezbonlar ikki ochko farqi bilan zafar quchishdi - 9:7.  


Yakuniy natijalar:

Rapid: AQSH — O'zbekiston 5:3

Blic: AQSH — O'zbekiston 9:7

Umumiy hisob: AQSH — O'zbekiston 14:10


O'rtacha reytinglardagi 62 ochkolik farqqa qaramay, (AQSH: 2761 vs O'zbekiston: 2699), yosh grossmeysterlarimiz har bir doska va turda dunyo reytingi etakchilariga qarshi munosib qarshilik ko'rsatishdi. Dunyoning Top-10`taligida borayotgan Fabiano Karuana, Hikaru Nakamura, Uesli So, Levon Aronyan singari mega yulduzlar yosh grossmeysterlarimiz tomonidan bir necha bor mag'lub etildi. 


O'zbekiston terma jamoasi tarkibi:

Javohir Sindarov — 2777

Nodirbek Abdusattorov — 2761

Nodirbek Yakubboev — 2685

SHamsiddin Vohidov — 2655

Muhiddin Madaminov — 2611


AQSH terma jamoasi tarkibi: 

Fabiano Karuana — 2792

Hikaru Nakamura — 2792

Uesli So — 2765

Lener Dominges — 2732

Levon Aronyan — 2720



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ