logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Mubadala DC Open. Kudermetova dunyoning 40-raketkasini mag'lub etdi

 29 IYUL, 2026, 10:48

AQSH poytaxti Vashington shahrida WTA 500 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 1 mln 637 ming 982 dollarni tashkil etgan turnir bo'lib o'tmoqda.

Mamlakatimizning uchinchi raketkasi Polina Kudermetova nufuzli musobaqaning saralash bahslaridagi ikki g'alabasi evaziga asosiy to'rga yo'llanma olgandi. Vakilamiz 1/16 finalda ham ajoyib g'alabani qo'lga kiritdi. Polina dunyoning 40-raketkasi, ispaniyalik 28 yoshli Kristina Buksha ustidan irodali g'alabaga erishdi - 5/7, 7/6(4), 6/0. 

Kudermetova ikkinchi setni tay-brekda o'z foydasiga hal qilganidan keyin hal qiluvchi uchinchi setda raqibasiga bitta ham geymni yutib olishiga yo'l qo'ymadi. Ikki soatu 24 daqiqa davom etgan bahsda Polina 4, Kristina 1 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Ikkala tennischi ham oz emas, ko'p emas - 10 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ygan. 

Taqqoslash uchun, Kudermetova ayni paytda WTA reytingida 108, Buksha 40-o'rinni egallab turibdi. Bu tennis malikalarining o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Ertaga hamyurtimiz 1/8 finalda dunyoning 10-raketkasi, ukrainalik tajribali Elina Svitolinaga qarshi kortga chiqadi. Ushbu bahs bizning vaqt bilan soat 19:00da boshlanadi.  



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ