Yarim og'ir vaznda ham UFC reytingi yangiladi: Bogdan Guskov Top-10`dagi o'rnini saqlab qoldimi?
29 IYUL, 2026, 10:16
Abu-Dabida o'tgan UFC Fight Night 282 turniri natijalaridan kelib chiqib dunyoning eng kuchli ligasi reytingi yangilandi.Jumladan, yarim og'ir vazn toifasi reytingida ham kichik bo'lsa-da, o'zgarishlar kuzatildi. Divizionning sobiq chempioni Magomed Ankalaev ikkinchi o'rinni saqlab qoldi. Rossiyalik jangchiga beshinchi raundda texnik nokaut evaziga yutqazgan Bogdan Guskov ham 9-o'rinda o'zgarishsiz qoldi. Bu hozircha yaxshi yangilik. Bu UFC`ning Meta reytingi hisoblanadi.
Tashkilotning media-reytingida esa Magomed Ankalaev birinchi o'rinni band etgan. Bogdan Guskov esa 9-o'rindan 10-pog'onaga pastlagan. Hamyurtimiz amerikalik Dominik Reyes bilan o'zaro o'rin almashib olgan.

Manba: olamsport.com
