logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

"Manchester Yunayted" Franciya terma jamoasi azosi bilan kelishib oldi

 28 IYUL, 2026, 12:00

Italiyaning "Roma" klubi yarim himoyachisi Manu Kone "Manchester Yunayted" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi.

Evropaning boshqa klublari va Saudiya Arabistonining "Al Ahli" jamoasi tomonidan qiziqishlar bo'lishiga qaramay, Kone "Yunayted"ni o'zi uchun ustuvor yo'nalish sifatida ko'rmoqda.

"Corriere dello Sport" nashri xabariga ko'ra, "Yunayted" Kone bilan allaqachon kelishuvga erishgan va endi Franciya terma jamoasining 25 yoshli o'yinchisi uchun "Roma" belgilagan 50 million evrolik (43 million funt) narxni tushirishga harakat qilmoqda.

"Roma" esa yon berishga umuman tayyor emas, hatto Konega davogarlar soni ortsa, narxni oshirishni ham ko'rib chiqmoqda.

Qo'shimcha qilish joizki, avvalroq "Yunayted" Koneni sotib olish bo'yicha bitimda Markus Reshforddan foydalanishi mumkinligi xabar qilingan edi, ammo angliyalik hujumchining 325 ming funtlik maoshi bunga xalaqit bermoqda.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ