logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Flikning sabri tugadi: "Barselona" Kundeni sotishga tayyor

 27 IYUL, 2026, 14:48

"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik himoyachi Jyul Kundening maqomini qayta ko'rib chiqdi.

Germaniyalik mutaxassis franciyalik futbolchining o'tgan mavsumdagi o'yinidan va JCH-2026’dagi ishtirokidan norozi.

Jyul Kunde endi “Barselona” uchun “teginib bo'lmaydigan” futbolchi emas.

Ispaniya OAV xabariga ko'ra, kataloniyaliklar ustozi Xansi Flik franciyalik himoyachining o'tgan mavsumdagi o'yin darajasidan hafsalasi pir bo'lgan. JCH-2026’dagi muvaffaqiyatsiz ishtirok esa so'nggi zarba bo'ldi. Klubda futbolchini sotish varianti jiddiy ko'rib chiqila boshlandi.

“Barselona” rahbariyati — prezident Joan Laporta va sport direktori Deku Kunde bilan xayrlashishga tayyor.

Kataloniyaliklar himoyachini taxminan 50 mln evroga baholamoqda. Vaholanki, atigi 1 yil oldin klub futbolchi uchun kelib tushgan 70 mln evro atrofidagi taklifni rad etgandi.

Sotuvdan tushgan mablag'ni “Barselona” top-darajadagi markaziy hujumchi sotib olishga yo'naltirishni rejalashtirmoqda.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ