logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Tim Czyu Errol Spensni mag'lub etib, raqibini faoliyatini yakunlashga majbur qildi

 26 IYUL, 2026, 18:16

Avstraliyaning Sidney shahrida o'tkazilgan professional boks oqshomining markaziy jangida mahalliy yulduz Tim Czyu amerikalik mashhur bokschi Errol Spensni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi.

12 raund davom etgan bahsda uchala hakam ham g'alabani Tim Czyuga berdi — 118:110, 117:111 va 117:111. 

Bu jang Errol Spens uchun uch yillik tanaffusdan keyingi ilk uchrashuv bo'ldi. Jangdan so'ng 36 yoshli amerikalik bokschi professional faoliyatini yakunlashini malum qildi.

«Men sog'lomman, moliyaviy jihatdan ham o'zimni taminlaganman. Eng muhimi, oilam bag'riga sog'-salomat qaytyapman. Endi ketish vaqti keldi», — dedi Spens.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ