Parijda kurash bo'yicha Prezident sovrini uchun musobaqa o'tkazildi
26 IYUL, 2026, 14:16
Franciya poytaxti Parij shahrida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Paris Kurash Open” xalqaro turniri bo'lib o'tdi.Musobaqada dunyoning 28 mamlakatidan tashrif buyurgan 100 nafardan ziyod sportchi bahs olib bordi.
4 vazn toifasida kechgan murosasiz bahslar yakuniga ko'ra, o'zbekistonlik kurashchilar 2 tadan oltin va bronza medallari bilan taqdirlanishdi.
Oltin medal:
-90 kg: Samandar Sadinov
+90 kg: SHerali Jo'raev.
Bronza medal:
-90 kg: Jonibek Qozoqov
+90 kg: Bekmurod Oltiboev.










Manba: olamsport.com
