Yosh sinxron suzuvchilarimiz Osiyo chempionatini sermahsul o'tkazishmoqda
25 IYUL, 2026, 12:00
Tailandda davom etayotgan suv sporti turlari bo'yicha yosh guruhlari o'rtasidagi Osiyo chempionatining ortda qolgan kunlari O'zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli kechdi.Sinxron suzish bahslarida yurtdoshlarimiz 1 ta oltin, 3 ta kumush va 7 ta bronza medallariga sazovor bo'lishdi.
Oltin medal:
– Alisa Morkovina (erkin solo, U13).
Kumush medal:
– Darya Kochneva (erkin solo, U18)
– Diyora Hamzaeva / Sanjarbek Xolmurotov (erkin mikst, U13)
– Tevil Yunusova / Katerina Morozova (erkin duet, U13).
Bronza medal:
– Texnik guruh mashqi (U18)
– Elizaveta Kasatkina (erkin solo, U15)
– U15 va U13 yosh toifalarining qo'shma guruh mashqi
– Jasur Hasanov (erkin solo, U13)
– Sabina Mahmudova / Darya Kochneva (erkin duet, U18)
– Muslima Yahyoeva / Azamat Salihov (erkin miskt, U15)
– Rayhona Ergasheva / Arslonbek Mo'minov.










Manba: olamsport.com
