logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Taekvondo bo'yicha London-2012 Olimpiadasi sovrindori yana UFC bilan shartnoma imzoladi

 25 IYUL, 2026, 11:48

London-2012 Olimpiya o'yinlarining taekvondo bo'yicha bronza medali sohibi, shuningdek og'ir vazn toifasida faoliyat yurituvchi kubalik MMA jangchisi Robelis Despeyn yana UFC bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda sportchining manfaatlarini himoya qiluvchi First Round Management agentligi matbuot xizmati malum qildi.

Eslatib o'tamiz, Robelis 2024 yilda bir necha oy davomida UFCda jang qilgan. Ligadagi faoliyati davomida u bir marta g'alaba qozonib, ikki marta mag'lubiyatga uchragan.


SHundan so'ng kubalik jangchi Karate Combat tashkiloti bilan shartnoma imzoladi. U mazkur promoushenda ettita jangning barchasida g'alaba qozondi va biror marta ham mag'lub bo'lmadi. Bundan tashqari, Robelis og'ir vazn toifasida Karate Combat chempionilik kamarini ham qo'lga kiritdi.

Kubalik sportchi MMA qoidalari bo'yicha so'nggi jangini 16 may kuni bo'lib o'tgan MVP turnirida o'tkazdi. Uning raqibi UFCning og'ir vazndagi sobiq chempioni, braziliyalik Junior dos Santos bo'ldi. Jang birinchi raundda Robelis Despeynning nokaut orqali g'alabasi bilan yakunlandi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ