Armaniston. Muzaffarov finalga yo'l oldi, Xoldarovda esa...
23 IYUL, 2026, 19:48
Erevan shahrida havaskor boks bo'yicha “Yerevan Mayor Cup” turniridan o'rin olgan navbatdagi janglar bo'lib o'tdi.Musobaqaning uchinchi kunida -55 kg vazn toifasidagi vakilimiz SHahzod Muzaffarov yarim final jangida mezbonlar vakili Suren Rubinyanga qarshi ringga ko'tarildi va butun jang mobaynida katta ustunlikka erishib, 5:0 hisobida g'alaba qozondi. Bu orqali SHahzod musobaqa finaliga yo'l oldi.
-70 kg vazn toifasilagi yarim finalda esa yana bir yurtdoshimiz Iqboljon Xoldarov armanistonlik Xurutyun Xakobkoxyanga qarshi bahs yuritdi. Jang yakunida 2:3 hisobida Armaniston vakilining qo'li baland keldi. SHu tariqa Xoldarov turnirning bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Ertaga ham kubok doirasida bokschilarimiz ikki bahsda ishtirok etishadi.
Juftliklar bilan tanishing:
-60 kg: Samandar Olimov - Artur Bazeyan (Armaniston) 14:45
-90 kg: To'rabek Xabibullaev - Hadi Mohammadnejad (Eron) 16:30.
Manba: olamsport.com
