logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Vozinya, Kukurelya, Olise, Mbappe, Messi… FIFA JCH-2026 ramziy terma jamoasini elon qildi

 23 IYUL, 2026, 15:48

FIFA muxlislar o'rtasidagi ovoz berish natijalariga ko'ra Jahon chempionati-2026 ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.

Eng yaxshilar tarkibidan bir yo'la sakkizta milliy terma jamoa vakillari joy oldi. Eng ko'p futbolchi ajratgan jamoa esa Ispaniya terma jamoasi bo'ldi — 4 nafar o'yinchi.

Darvozabon: Vozinya (Kabo-Verde)

Himoyachilar: Pedro Porro (Ispaniya), Dayo Upamekano (Franciya), Lisandro Martines (Argentina), Mark Kukurelya (Ispaniya)

Yarim himoyachilar: Rodri (Ispaniya), Maykl Olise (Franciya), Jud Bellingem (Angliya)

Hujumchilar: Lionel Messi (Argentina), Erling Holand (Norvegiya), Kilian Mbappe (Franciya)

Muxlislar tanlovi ko'p jihatdan FIFAning rasmiy statistik reytinglari bilan mos tushdi: unda Rodri eng yaxshi himoyaviy rejadagi o'yinchi, Maykl Olise esa turnirning eng yaxshi pleymeykeri deb etirof etilgandi. 10 ta gol bilan Jahon chempionatining eng yaxshi to'purariga aylangan Kilian Mbappe ham kutilganidek hujum chizig'idan joy oldi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ