Muzaffarov va Xoldarov Erevanda ilk janglarini o'tkazishdi
21 IYUL, 2026, 17:32
Armaniston poytaxtida boks bo'yicha havaskorlar o'rtasidagi “Yerevan Mayor Cup” xalqaro turniri boshlandi.Avval xabar berganimizdek, turnirda to'rt nafar hamyurtimiz ishtirok etyapti.
Bugun musobaqaning ilk kunida ikki vakilimiz — ISHahzod Muzaffarov hamda Iqboljon Xoldarov ringga chiqdi.
-55 kg vazn toifasidagi bokschimiz SHahzod Muzzaffarov isroillik Farid Xreishga qarshi jang qilib, 5:0 hisobida zafar quchdi va keyingi bosqichga yo'l oldi. -70 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Iqboljon Xoldarov esa o'zining ilk jangida mezbonlar vakili Vaxag Asatryanni 5:0 hisobida mag'lub etdi.
Ertaga To'rabek Habibullaev hamda Samandar Olimov turnirdagi yurishini boshlaydi.
Manba: olamsport.com
