Yosh suzuvchilarimiz qita birinchiligida yana oltin va bronza medallari bilan taqdirlanishdi
21 IYUL, 2026, 13:48
Tailandda o'tayotgan suv sporti turlari bo'yicha yosh guruhlari o'rtasidagi Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi azolari navbatdagi medallarni qo'lga kiritishdi.Suzish bo'yicha kechgan bahslarda yurtdoshlarimiz 1 tadan oltin va bronza medallariga sazovor bo'lishdi.
Oltin medal:
— Muhammadismoil Rahmonov (U18 yosh, 100 metrga brass).
Bronza medal:
— Parizod Abdukarimova (U18, 50 metrga chalqancha).




Manba: olamsport.com
