logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Quantbox Chennai Grand Masters 2026. Abdusattorov hind grossmeysterini taslim etdi. Gukesh yutqazdi

 21 IYUL, 2026, 06:48

Hindistonning CHennay shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha nufuzli "Quantbox Chennai Grand Masters 2026" turnirida 5-tur uchrashuvlari ortda qoldi.

Mukofot jamg'armasi 79 500 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqada O'zbekiston sharafini grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov himoya qilmoqda. Hamyurtimiz 5-turda nihoyatda turnirdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Nodirbek qora donalarda o'ynaganiga qaramay, hindistonlik grossmeyster Nihal Sarinni mag'lubiyatga uchratdi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Bu turda amaldagi jahon toji sohibi Gukesh Dommaradju mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Hindistonlik jahon chempioni oq donalarda o'ynab, vatandoshi Arjun Erigaisiga yutqazib qo'ydi. Beshinchi turning qolgan ikki partiyasida tomonlar durangga imzo chekishdi.   


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Abdusattorov 6-turda oq donalarda franciyalik Alireza Firuzdjaga qarshi bahs olib boradi. Gukesh Dommaraju qora donalarda yurtdoshi Pranesh bilan hisob-kitob qiladi. 

Oltinchi tur oldidan turnir jadvalida Arjun Erigaisi va Alireza Firuzja 3,5 ochkodan jamg'arib, qo'shhokimlik qilishyapti. Nodirbek Abdusattorov kechagi g'alabasi evaziga 3 ochko bilan sof 3-o'ringa ko'tarilib oldi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ