Dzyudo bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham Osiyo chempionatini birinchi o'rinda yakunladi
20 IYUL, 2026, 10:16
Iordaniya poytaxti Amman shahrida dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z nihoyasiga etdi.Musobaqaning so'nggi kunida sportchilarimiz 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo'lishdi.
Oltin medal:
-90 kg: Behruzbek Rustamboev
+100 kg: Fazliddin Rafikov
-70 kg: Durdona Tursunova
+78 kg: Zarina Bobonazarova.
Kumush medal:
-100 kg: Muhammadali Sadullaev.
Bronza medal:
-81 kg: Kamronbek Qodirov
-78 kg: SHoira Aminova.
SHu tariqa, yosh dzyudochilarimiz 7 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medallari bilan o'smirlar jamoasi kabi musobaqani umumjamoa hisobida birinchi o'rinda yakunlashdi.





Manba: olamsport.com
