logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

JCh-2026 finali: Lionel Messining Ispaniyaga qarshi o'yindagi statistikasi

 20 IYUL, 2026, 04:24

Argentina terma jamoasi JCh-2026 finalida Ispaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Uchrashuvda sardor Lionel Messi barcha 120 daqiqani maydonda o'tkazdi, biroq samarali harakatlar bilan ajralib tura olmadi.

Ushbu vaqt ichida Messi bor-yo'g'i bitta zarba berdi — 117-daqiqada yo'llagan zarbasi himoyachilar tomonidan to'sib qo'yildi. Shuningdek, 39 yoshli futbolchi hisobida bitta to'p olib qo'yish, uchta muvaffaqiyatli aldab o'tish va 35 ta urinishdan 27 tasi aniq chiqqan uzatma (77 foiz aniqlik) mavjud. Bundan tashqari, Lioneldan ikki marotaba to'pni olib qo'yishga muvaffaq bo'lishdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ