Pau Kubarsi — JCh-2026 ning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi!
20 IYUL, 2026, 04:24
FIFA Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Pau Kubarsini JCh-2026 ning eng yaxshi yosh o'yinchisi deb e'tirof etdi. Ispaniya finalda Argentinuni qo'shimcha bo'limlarda mag'lub etib (1:0), o'z tarixida ikkinchi bor jahon chempioniga aylandi.
«Barselona» sharafini himoya qiluvchi 19 yoshli himoyachi turnirdagi barcha 8 ta o'yinni asosiy tarkibda boshladi. Umuman olganda, Ispaniya terma jamoasi butun mundial davomida atigi bitta gol o'tkazib yubordi — u ham chorak finalda Belgiyaga qarshi bahsda (2:1) kiritilgan edi.
