Lionel Skaloni boshchiligidagi Argentina terma jamoasining seriyasi yakunlandi: Statistika va faktlar
20 IYUL, 2026, 04:06
Argentina terma jamoasi JCh-2026 finalida Ispaniyaga minimal hisobda mag'lub bo'ldi (0:1) va chempionlikni boy berdi. Bu Lionel Skaloni shogirdlari uchun 2022 yilgi jahon chempionatining 1-turida Saudiya Arabistonidan uchralgan mag'lubiyatdan (1:2) keyin mundiallardagi asosiy vaqtdagi ilk mag'lubiyati bo'ldi.
Shuningdek, so'nggi ikkita turnir davomida argentinaliklar pley-off bosqichlarining 90 daqiqalik asosiy vaqtida o'yinlarning yarmidan kamrog'ida g'alaba qozonishgan.
Jamoa qo'shimcha bo'limlar va penaltilar seriyasisiz bor-yo'g'i 4 ta o'yinda zafar quchgan: joriy mundialning pley-off bosqichida Misr (3:0) va Angliya (2:1), shuningdek, 2022 yilgi chempionatda Avstraliya (2:1) va Xorvatiya (3:0) taslim etilgan.
Eslatib o'tamiz, 2022 yilda argentinaliklar Niderlandiyani (1/4 final) va Frantsiyani (final) penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etgan bo'lsalar, joriy turnirda Lionel Skaloni jamoasi Kabo-Verde ustidan 111-daqiqadagi avtogol evaziga 3:2 hisobida g'alaba qozongan edi. Shuningdek, chorak finalda Shveytsariya bilan bahsda ham argentinaliklar 112 va 121-daqiqalarda gol urib, keyingi bosqichga o'tishgandi.
