Ferran Torres JCh finallarida zaxiradan maydonga tushib hal qiluvchi to'p kiritgan ikkinchi futbolchiga aylandi
20 IYUL, 2026, 04:00
«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ferran Torres jahon chempionatlari finalida zaxiradan maydonga tushib, g'oliblik golini kiritgan tarixdagi ikkinchi futbolchiga aylandi.
U Argentinaga qarshi kechgan hal qiluvchi bahsning 106-daqiqasida gol urib, mamlakatiga ikkinchi jahon chempionligini keltirdi.
Eslatib o'tamiz, bunday natijani qayd etgan birinchi futbolchi germaniyalik Mario Gettse bo'lib, u ham 2014 yilgi finalda Argentina darvozasiga gol urib (1:0), o'z jamoasiga g'alaba keltirgan edi.
