logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

JCh-2026 finali oldidan AQSh madhiyasi ijro etilishi muhokamalarga sabab bo'ldi

 20 IYUL, 2026, 01:24

Ispaniya va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi 2026 yilgi jahon chempionati finali oldidan AQSh milliy madhiyasining yangrashi ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar o'rtasida tanqidlar to'lqinini keltirib chiqardi. Bu haqda Comeback portali xabar bermoqda.

Amerika madhiyasini «Gremmi» mukofotining ikki karra sohibasi Jennifer Xadson ijro etdi.

«Finalda AQSh madhiyasi yangramoqda, vaholanki ular bu o'yinda o'ynamayapti. Bu mamlakatga hech qachon boshqa jahon chempionatini bermanglar. Achinarli holat», — deb yozdi futbol muxlislaridan biri.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari turnir mezbonlari faqatgina Qo'shma Shtatlar emasligiga ham e'tibor qaratishdi.

«Turnir mezbonlarining barchasi uchta davlat bo'lishiga qaramay, Kanada yoki Meksika emas, aynan AQSh madhiyasi yangramoqda».

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ