Yosh suzuvchilarimiz Osiyo chempionatida navbatdagi medallarni qo'lga kiritishdi
19 IYUL, 2026, 16:32
Tailandda o'tkazilayotgan suv sporti turlari bo'yicha yosh guruhlari o'rtasidagi Osiyo chempionatining kechagi kuni ham terma jamoamiz azolari uchun muvaffaqiyatli kechdi.Suzish bo'yicha tashkil etilgan bellashuvlarda yurtdoshlarimiz 1 tadan oltin va bronza medallariga ega chiqishdi:
Oltin medal:
— Muhammadismoil Rahmonov (U18 yosh, 200 metrga brass).
Bronza medal:
— Parizod Abdukarimova (U18, 100 metrga chalqancha).

Manba: olamsport.com
