logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Bugun yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati start oladi. Ilk kun 10 nafar dzyudochimiz tatamiga chiqadi

 18 IYUL, 2026, 13:00

Iordaniya poytaxti Amman shahrida bugundan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati boshlanadi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ikki kunlik bellashuvlarda to'liq tarkibda ishtirok etadi. Bugun o'g'il bolalar -60, -66, -73, qizlar esa -48, -52, -57, -63 kg vazn toifalarida tatamiga chiqadilar. 

Saralash bellashuvlari bizning vaqt bilan soat 13:00, final bloki bahslari esa 18:30da boshlanadi. 


Dzyudochilarimizning ilk davra bellashuvlari:

-60 kg: Muhammadjon Masharipov – Muhammad Almseden (Iordaniya)/Hezam Mansur (Yaman)

-60 kg: Dilshod Karimov – Seyd Faysal (Pokiston)/Ali Alramzi (Quvayt)

-66 kg: Amirxon Nizomaddinov – Salman Kamal (Quvayt)/Kartik Sehravat (Hindiston)

-73 kg: Inoyat Telmanov – CHao Ling-Hsiang (Xitoy Taypeyi)/Zaid Alrfuh (Iordaniya)

-73 kg: Muhriddin Marufov – Abdel Rahmon Ayyalslman (Iordaniya)/Ankit (Hindiston)


QIZLAR

-48 kg: Zarina Jamalova – Luiza Asakeeva (Qirg'iz Respublikasi)

-52 kg: Sabina Azamatova – Bualima Abdibalieva (Qirg'iz Respublikasi)

-57 kg: Rayhona Mamatova – Ayday Kakitaeva (Qirg'iz Respublikasi)     

-57 kg: Mohinur Allaberganova – Hanin Halapi (Suriya)

-63 kg: Adina Abilhasimova – Dameliya Assilxanova (Qozog'iston)/SHahed Al-SHarif (Iordaniya)  



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ