logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Barakalla! Osiyo chempionatida qatnashgan 20 nafar dzyudochimizning bari shohsupaga ko'tarildi

 18 IYUL, 2026, 09:16

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining Osiyo chempionatida ishtirok etgan barcha 20 nafar vakili Iordaniya poytaxti Amman shahridan medallar bilan qaytadi.

Kadetlarimiz xuddi birinchi kuni bo'lgani singari ikkinchi kungi bellashuvlarda ham sermahsullik ko'rsatishdi. Aurelian-CHiprian Flis murabbiyligidagi dzyudochilarimiz ikkinchi kun 5 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. Behruzbek Usmonov, Jo'rabek Eshpo'latov, Alibek Durdiev, Zuhra Alimova va Parizoda Yuldasheva o'z vazn toifalarida Osiyo chempioni bo'ldi.  

O'zbekiston dzyudo federaciyasi Aurelian CHiprian-Flic murabbiyligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasini Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirok bilan qutlaydi. 


Osiyo chempionatida shohsupaga ko'tarilgan dzyudochilarimiz:

Oltin medallar

-40 kg: Iroda Sirojiddinova

-44 kg: Dilafruz Boltaboeva

-48 kg: CHaros Hikmatova

-57 kg: Zuhra Alimova

-63 kg: Parizoda Yuldasheva 

-50 kg: Akbar SHaripov

-60 kg: Davlatbek Ahrorov

-66 kg: Akramjon Karimov 

-73 kg: Behruzbek Usmonov

-90 kg: Jo'rabek Eshpo'latov

+90 kg: Alibek Durdiev 


Kumush medallar

-44 kg: Alina Kolyucheva

-63 kg: Dinora Samandarova

-55 kg: Bobur Yusupov 

-81 kg: Samandar Sunnatov 


Bronza medallar

-48 kg: Mohinur Ollaberganova 

-52 kg: Kumushbibi Ergasheva

-70 kg: Poshshajon Jumabaeva 

-50 kg: Mamurjon Abduvahobov 

-60 kg: Abubakr Sattorov 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ