logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Nursulton Ro'ziboev mag'lub etgan jangchiga UFC chiqish eshiklarini ko'rsatdi

 18 IYUL, 2026, 08:48

Tashkilot uni rasmiy rosterdan chiqardi va bu bilan 30 yoshli aralash yakkakurash ustasining promoushendagi faoliyati yakunlandi.

Gap amerikalik Sedrik Dyuma haqida ketmoqda.

Malum qilinishicha, Dyumaning UFC bilan shartnomasi yakunlangan va tashkilot u bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan. Sedrik boshqa promoushenlarda erkin faoliyat yuritish huquqiga ega bo'ldi.

Sedrik Dyuma UFCda jami 9 ta jang o'tkazib, 3 ta g'alaba, 5 ta mag'lubiyat va 1 ta natijasi bekor qilingan bahs qayd etgan. U so'nggi uchta jangining barchasida mag'lub bo'lgan va oxirgi marta joriy yil aprel oyida Jekson Makveyga qarshi oktagonga chiqqan edi. U 2024 yilda hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboevga ham imkoniyatni boy bergandi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ