Leo Messi ilk bor Yamalni cho'miltirayotgan afsonaviy suratiga izoh berdi
18 IYUL, 2026, 08:32
Argentina terma jamoasi hujumchisi Leo Messi tog'orachada Lamin Yamalni cho'miltirib qo'yayotgani aks etgan afsonaviy surat haqida ilk bor gapirdi."Qachonlardir meni tasodifiy bir go'dak bilan suratga olishgani, endi esa u bilan jahon chempionati finalida to'qnash kelishim — bu shunchaki aql bovar qilmas telbalik!".
Eslatib o'tamiz. JCH-2026 finalida Argentina va Ispaniya o'zaro bahs olib boradi. Uchrashuv 19 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Manba: olamsport.com
