Tennischilarimiz "Devis Kubogi"dagi ishtirokini boshlashdi. Natija ko'ngildagidek emas!
17 IYUL, 2026, 11:32
O'zbekiston erkaklar tennis terma jamoasi Malayziyaning Kuala-Lumpur shahri mezbonlik qilayotgan Davis Cup III Osiyo/Okeaniya guruhi musobaqasida ikkita uchrashuv o'tkazdi.Guruh bosqichining ilk uchrashuvida terma jamoamiz Singapur ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Yakkalik bahslarida Sergey Fomin Bill CHanni 6:4, 7:6(5) hisobida mag'lub etdi. Amir Milushev esa Jeydon Divandakaga 6:7(3), 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Juftlik bahsida Damir Abdusamadov va Sergey Fomin Bill CHan hamda Maksimus Xaver Vong juftligini 7:5, 3:6, 6:2 hisobida mag'lub etib, O'zbekiston terma jamoasiga muhim g'alabani taqdim etdi.
Kecha bo'lib o'tgan ikkinchi qarama-qarshilikda esa Filippin tennischilariga imkoniyat boy berildi — 1:2. Bu safar ham Fomin o'z o'yinida g'olib bo'ldi. U Alberto Lim ustidan 6:4, 6:2 hisobida zafar quchdi.
Amir Milushev Erik Olivaresga 3:6, 2:6 hisobida mag'lub bo'lgan bo'lsa, Damir Abdusamadov/Abdulaziz Usmonjonov juftligi Frensis Alkantara va Ruben Gonsales oldida ojiz qoldi — 6:7, 4:6.
Oldinda terma jamoamizni Iordaniyaga qarshi o'yin kutmoqda.
Manba: olamsport.com
