logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Osiyo chempionatining ilk kuni 12 ta medal qo'lga kiritdik, teng yarmi oltin!

 17 IYUL, 2026, 10:00

Iordaniya poytaxti Amman shahri mezbonlik qilayotgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati birinchi kuni kadetlarimiz uchun muvaffaqiyatli keldi.

Aurelian-CHiprian Flis murabbiyligidagi dzyudochilarimiz 6 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. Akbar SHarifov, Davlatbek Ahrorov, Akramjon Karimov, Iroda Sirojiddinova, Dilafruz Boltaboeva va CHaros Hikmatova sharafiga O'zbekiston madhiyasi yangradi.     

Etiborlisi shundaki, kechagi kun dasturida tatamiga chiqqan 12 dzyudochimizning bari g'olib va sovrindorlar safidan joy oldi. 


Oltin medallar

-40 kg: Iroda Sirojiddinova

-44 kg: Dilafruz Boltaboeva

-48 kg: CHaros Hikmatova 

-50 kg: Akbar SHaripov

-60 kg: Davlatbek Ahrorov

-66 kg: Akramjon Karimov 


Kumush medallar

-44 kg: Alina Kolyucheva

-55 kg: Bobur Yusupov 


Bronza medallar

-48 kg: Mohinur Ollaberganova 

-52 kg: Kumushbibi Ergasheva 

-50 kg: Mamurjon Abduvahobov 

-60 kg: Abubakr Sattorov 












Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ