logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Tramp jahon chempionlariga sovrinni topshirishi kutilmoqda

 17 IYUL, 2026, 08:32

AQSH prezidenti Donald Tramp JCH-2026 final bahsini stadiondan kuzatadi.

Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt rasman malum qildi.

Hal qiluvchi uchrashuvda Argentina va Ispaniya terma jamoalari o'zaro bahs olib boradi. Final AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi mashhur "Metlayf" stadionida bo'lib o'tadi.

Malum qilinishicha, Tramp finaldan so'ng maydonga tushib, Jahon chempionati kubogini g'olib jamoa sardoriga shaxsan topshirishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, JCH–2026 AQSH, Kanada va Meksika hamkorligida tashkil etilgan bo'lib, musobaqa tarixida ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etdi. Mundial o'yinlarining katta qismiga AQSH mezbonlik qildi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ