FIDE Jahon Kubogi formatida o'zgarishlar bo'ldi
14 IYUL, 2026, 14:00
Xalqaro shaxmat federaciyasi 2027 yildan boshlab Jahon Kubogi va Ayollar o'rtasidagi Jahon Kubogi formatini o'zgartirmoqda.Turnir 19 kun davom etadi va ikki bosqichda o'tkaziladi:
1-bosqich: SHveycarcha saralash (5 kun). Bahslar Tezkor klassik (45+30) vaqt nazoratida o'tadi.
Open guruhi: Ishtirokchilar 4 ta guruhga bo'linadi. Har bir guruhdan eng kuchli 4 nafar o'yinchi pley-offga chiqadi (jami 16 nafar).
Ayollar: Ishtirokchilar 2 ta guruhga bo'linadi. Har biridan eng kuchli 8 nafar o'yinchi keyingi bosqichga chiqadi (jami 16 nafar).
2-bosqich: Nokaut finallari Saralangan 16 nafar shaxmatchi ananaviy pley-off (nokaut) tizimida kurashadi. Nimchorak finaldan boshlab barcha o'yinlar klassik vaqt nazorati ostida o'tkaziladi.

Manba: olamsport.com
