Aichi-Nagoya 2026: Uzbekistan Aquatics, voleybol va velosport federaciyalarida tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi
14 IYUL, 2026, 13:00
Sport vaziri o'rinbosari SHahrillo Mahmudov hamda Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov Yaponiyada bo'lib o'tadigan Aichi-Nagoya yozgi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ishlarini o'rganish maqsadida qator sport federaciyalariga tashrif buyurdi.Bu gal masullar Uzbekistan Aquatics, O'zbekiston voleybol federaciyasi hamda O'zbekiston velosport federaciyasida bo'lib, federaciyalar rahbariyati, murabbiylar va mutaxassislar ishtirokida milliy terma jamoalarning tayyorgarlik holatini atroflicha muhokama qildi.
Uchrashuvlar davomida sportchilarning mashg'ulot rejalari, xalqaro musobaqalar taqvimi, licenziya va reyting musobaqalaridagi ishtiroki, o'quv-mashg'ulot yig'inlari, ilmiy-metodik hamda tibbiy taminot, shuningdek, Osiyo o'yinlarida yuqori natija qayd etishi kutilayotgan sportchilarning tayyorgarligiga alohida etibor qaratildi.
SHuningdek, har bir federaciya kesimida mavjud imkoniyatlar, tayyorgarlik jarayoni samaradorligini yanada oshirish hamda musobaqalarga puxta hozirlik ko'rish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Malumot uchun, Aichi-Nagoya 2026 XX yozgi Osiyo o'yinlari 19 sentyabrdan 4 oktyabrgacha Yaponiyada bo'lib o'tadi.










Manba: olamsport.com
